KITOBXONLIK HAFTALIGI DOIRASIDA “KITOBDAN MINNATDORMAN” SHIORI OSTIDA BAHS-MUNOZARA

2021-yil 9-aprel Pastdarg’om tuman AKMning o’quv zalida Kitobxonlik haftaligi doirasida tumandagi umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari, hamda tuman o’qituvchilari va kutubxonachilari bilan birgalikda “Kitobdan minnatdorman” shiori ostida bahs-munozara o‘tkazildi. Tadbirni axborot-kutubxona markazi direktori R.Normuradova ochib berdi. O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Xalqimiz ilm va fan, adabiyot va san’atga oid nodir qo‘llanmalar, adabiyotlari bilan haqli ravishda faxralanadi. Dunyoning qaysi bir mashhur kutubxonasida bo‘lmang xalqimizning ulug‘ allomalari, tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarining qo‘lyozmalarini kitob holiga keltirib, boqiy umr bag‘ishlagan xattotlar, musavvirlar mehnatini ko‘rish mumkin. Ota-bobolarimiz xonadonlarda Mashrab, Navoiy, Bedil va boshqa shoirlarimizning asarlarini maroq bilan o‘qishgan. Farzandlarimiz kitobxonlik davralarida ishtirok etishgan. Natijada farzandlarimizda kitob o‘qishga havas uyg‘ongan. Hozirgi kunda oilalarda kitobni ko‘proq bolalarga yo buvasi yo buvisi o‘qib berishadi. Lekin ming afsuski, ota-onalari ishda band bo‘lganliklari sababli ularni kechki paytda kitob o‘qishga vaqtlari yetishmayapti. Suhbat davomida maktab o’quvchilari kitoblarning o’rni naqadar beqiyosligi to’g’risida o’zaro fikr almashishdi. Tadbir bahs-munozaralarga boy o’tdi. Faol qatnashgan o’quvchilar AKM ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdrilandi. Xulosa qilib aytganda, komil inson bo‘lib yetishish uchun kitobning o‘rni beqiyosdir. O‘quvchilarni kitob bilan ishilashga odatlantirish ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Kitobxonlik yoshlarning ma’naviy boyligini oshiradi, ularni mehnat va ijodiy yo‘lga boshlaydi. Kitob hayotning ulug‘vorligini anglab olishga, u haqida mustaqil fikr yuritishga yordam beradi.