“ZAMONAVIY FIKRLAYDIGAN YOSHLARNI TARBIYALASHDA KITOBLARNING O’RNI” MAVZUSIDA AN’ANAVIY KO’RGAZMA VA DAVRA SUHBATI

Pastdarg’om tuman AKMning faollar zalida faol kitobxonlar bilan birgalikda “Zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashda kitoblarning o’rni” mavzusida an’anaviy ko’rgazma va davra suhbati o‘tkazildi. 2021 yil 8-aprel kuni Pastdarg’om tuman AKMning faollar zalida faol kitobxonlar bilan birgalikda “Zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashda kitoblarning o’rni” mavzusida an’anaviy ko’rgazma va davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni axborot-kutubxona markazi direktori R.Normuradova ochib berdi. – Kitob – oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki ѐritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta’rif berish joiz bo’lsa, uni ma’naviyat quѐshi deb ta’riflash o’rinlidir. Ya’ni, quѐsh bo’lmasa olamning, tabiatning, hattoki haѐtning bo’lishi shubha ostida qoladi, kitob bo’lmasa, ma’naviyatning rivoj- lanishi ham mavhum bir fikr bo’lib qolaveradi.
Kengroq mushohada yuritadigan bo’lsak, millat barkamolligi, Vatan taraqqiyoti elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishliligiga bog’liq. Mustaqil mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi va bevosita e’tibori tufayli sog’lom avlodni tarbiyalash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Mehnat jamoalarida sport-sog’lomlashtirish inshootlari, tennis maydonchalari barpo etildi. Biroq sog’lom avlod deganda faqatgina jismonan baquvvat insonnigina tushunish masalaga bir yoqlama yondoshish bo’lur edi – deya o’z so’zini yakunladi AKM direktori.
Tadbir ko‘taringki kayfiyat hamda qisqa savol-javob an’analar ruhida o‘tdi. Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan kitobxonlar AKM ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlarlar bilan taqdirlandilar.